Samsung Galaxy S8 smartfoniga qaysi kompaniya batareyasi o‘rnatiladi?
Janubiy Koreyaning mashhur Galaxy smartfonlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Galaxy Note 7 fabletlari bilan yuz bergan achinarli voqealar yangi flagman telefonlar bilan ham takrorlanishini xohlamayotgan ko‘rinadi.
Yaqinda Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va S8 Edge smartfonlari uchun Yaponiyaning Murata Manufacturing batareyalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani imzolagani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Endilikda, korporatsiya batareyalarni yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha pudratchi sifatida Sony kompaniyasini tanlagan, deb yozmoqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbasiga tayangan holda.
Yanvar oyi oxirida Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 fabletofonlarining portlashi va yonib ketishiga doir tadqiqot natijalarini e'lon qilgan edi. Samsung muhandislari va mustaqil ekspertlarning fikricha, telefonlarning yonishiga akkumulyatorlarni loyihalashdagi noto‘g‘ri hisob-kitoblar va qurilmalarni yig‘ishning texnologik jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatolar sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

19:00 / 28.03.2025
Samsung yangi Galaxy A56 5G, A36 5G va A26 5G smartfonlarini taqdim etdi

17:50 / 28.03.2025
The Korea Times: LG, Samsung va Hyundai Rossiyaga qaytish imkoniyatini o‘rganmoqda

20:08 / 25.03.2025
Hindiston Samsungʼdan 601 mln dollarlik soliq qarzini to‘lashni talab qildi

21:15 / 03.03.2025