Stoichkov Messining shartnomasi bo‘yicha maxfiy sirni aytdi

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Xristo Stoichkovning ma'lum qilishicha, Lionel Messi katalonlar jamoasi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha 6 oy avvaloq kelishuvga erishib bo‘lgan.
Bungacha ispan nashrlari futbolchi va klub rahbariyati yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni boshlay olmayotgani, har safar turli sabablar tufayli bu kechikayotgani haqida yozayotgandi.
«Messi shartnomani uzaytirishi kerak deysizmi? U buni 6 oy avval qilib bo‘lgan», – deya Stoichkovning so‘zlarini keltirgan Sport.es.
Futbolchining amaldagi shartnomasi muddati 2018 yilning 20 iyuniga qadar tuzilgan. Xabarlarda jamoa shartnomani 2021 yilgacha uzaytirishni istayotgani aytilgandi.
Messining shartnomasini uzaytirmayotganiga «Barselona»ning moliyaviy feyr-pley talablaridan chiqib ketishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgandi. Unda oylik maosh klub daromadining 65 foizidan oshib ketmasligi lozim deya ko‘rsatib o‘tilgan.
Mavzuga oid

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

12:27 / 04.05.2025