Jahon | 11:13 / 26.02.2017
6587
4 daqiqa o‘qiladi

Samanta Pauer Vitaliy Churkinni yaxshi so‘zlar bilan xotirladi

AQShning BMTdagi sobiq doimiy vakili Samanta Pauer The New York Times nashridagi maqolasini Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili, 20 fevralda ish joyida vafot etgan marhum Vitaliy Churkinga bag‘ishladi. Bu maqola nashrning 26 fevraldagi sonida "Mening do‘stim, Rossiya doimiy vakili" sarlavhasi ostida chiqadi.

Pauerning aytishicha, uning Churkin bilan birgalikdagi ishi davomida u Rossiya vakilining eng "ko‘zga ko‘ringan" raqibi bo‘lgan. Pauer rossiyalik diplomat ajoyib yumor hissi egasi va yaxshi do‘st hamda Rossiya va AQShning umumiy ishi uchun haqiqiy umid bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi. "Men uning o‘limi tufayli musibatdan adoyi tamom bo‘ldim", deb yozadi Pauer.  

Pauer, shuningdek, o‘zidan avvalgi hamkasbi Syuzan Raysning unga Churkin bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi lozimligi, chunki "U seni aqldan ozdiradi. Biroq siz bir-biringizga kerak bo‘lasiz" deb aytgan so‘zlarini eslab o‘tdi. Pauer Churkin bilan munozaralari ko‘pincha murosasiz bahslarga aylanib ketishi, gohida uning rossiyalik diplomatga adovati ularning hamkorligiga putur yetkazgani, biroq birgalikda ishlash kerakligini anglaganini eslab o‘tdi.

"Davlatlarimiz o‘rtasida munosabatlar qanchalik yomonlashib ketgani ahamiyatga emas va biz birgalikdagi ishimiz davomida bu munosabatlar juda yomonlashib ketganini sezganmiz, biroq bizda umumiy jihatlar ko‘p bo‘lgan. Biz ikkimiz sportni xush ko‘rardik va men unga yagona marotaba bog‘lanolmagan paytim Rossiya terma jamoasi Olimpiya medali uchun kurash olib borayotgan bo‘lgan", deb yozdi Paeur. 

Paeurning aytishicha, Churkin xokkey va tennisni yaxshi ko‘rgan, u esa beysbol ishqibozi bo‘lgan. U xarchand urinmasin, Churkinni beysbol ham qiziq sport ekanligiga ishontira olmagan. Pauer Churkin va uning rafiqasining teatrga muhabbatini ham qayd qilib o‘tdi. Paerning aytishicha, Churkin u Shukronalik kuniga uyiga taklif qilgan BMT bo‘yicha yagona hamkasbi bo‘lgan.

"Vitaliy o‘z professional hayotini o‘zi sevgan vatani, madaniyati va udumlarni himoya qilib o‘tkazdi. U prezident Putin haqidagi fikrlarini aytmagan bo‘lsa-da, menda u Rossiyaning Putin boshchiligida xalqaro maydonga kelishini yuqori baholashi, biroq tinchlik yo‘llarini afzal ko‘rishi borasida tasavvur paydo bo‘lgan", deb eslab o‘tdi Pauer.

Paerning ta'kidlashicha, BMTga boshqa diplomatlar kelib-ketgan bir paytda yagona narsa o‘zgarishsiz qolgan: darg‘azab raqib, mehribon do‘st va o‘z vatanini sevuvchi va u bilan faxrlanuvchi, Rossiyaning ashaddiy himoyachisi Vitaliy Churkin.

Pauer o‘z so‘zlari yakunida AQSh boshqa davlatlar bilan munosabatlarni tiklashi uchun o‘z pozitsiyalarini qat'iyatlik bilan himoya qilish bilan birga u bilan norozi bo‘lganlardan yuz o‘girmasligi kerakligini aytib o‘tdi. 

Mavzuga oid