Video: Bug‘u ovchilardan qochib sigirlar podasiga yashirinishni odat qildi

Germaniyaning Flensburg shahri atrofida o‘tlovchi sigirlar podasiga yovvoyi bug‘u kelib qo‘shildi. Bu haqida Local nashri xabar berdi.
Mahalliy aholi bug‘uni ikki yilcha avval sezishgan. U muntazam ravishda sigir podasiga kelib qo‘shilib, ular bilan birga vaqt o‘tkazgan. Ba'zan jonivor o‘rmon tomon ketib, bir necha hafta yoki oy yo‘q bo‘lib ketgan, biroq doim ortiga qaytgan. Shoxlariga qaraganda, u kamida 5 yoshda.
"Ehtimol, u sigirlar orasida o‘zini ancha xavfsiz his qilar, chunki bu yerda uni hech kim ovlamaydi", - deydi Germaniyaning Tabiatni muhofaza qilish assotsiatsiyasi xodimasi Katrin Kox. Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, jonivorni qoramollar ozuqasi hisoblangan xashak jalb qilgan bo‘lishi mumkin.
"Hozir u o‘zini sigir hisoblasa kerak", - deya hazillashadi tashkilot boshqaruvchisi Gerd Kemmer. Bug‘u odamlarga ancha o‘rgangan.

Mavzuga oid

13:00 / 12.05.2025
Mers Putinni 12 maydan boshlab o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

08:11 / 12.05.2025
Germaniya: Rossiya muzokaralardan oldin sulhga rozi bo‘lishi kerak

18:41 / 11.05.2025
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi

15:17 / 10.05.2025