Merkel samolyotdagi muammo tufayli Qohiraga vaqtida ucha olmadi

Germaniya kansleri Angela Merkelning Misrga parvozi yarim soatga kechikdi. Uning samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida havoga ko‘tarila olmasdan, 30 daqiqa turib qolgan. Bild tabloidi ma'lumotiga ko‘ra, bunga A340 Theodor Heuss samolyoti bortida yuzaga kelgan texnik nosozlik sabab bo‘ldi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, zaxira borti bo‘lmagani tufayli kansler kutishga majbur bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, bu Germaniyada hukumat samolyoti bilan ilk marta muammo yuzaga kelishi emas. 7 fevral kuni Mudofaa vaziri Ursula fon der Lyayyen Litvaga uchgan Airbus A400M harbiy-transport samolyoti buzilib qolgandi. Natijada vazir ortga ucha olmagan va samolyot Kaunasda qolgandi. Vazirni olib kelish uchun zaxiradagi Transall samolyoti yuborilgandi.
Merkel xonim 2-3 mart kunlari Misr va Tunisda bo‘ladi.
Mavzuga oid

08:43 / 30.10.2023
Qohirada Misr–O‘zbekiston ishbilarmonlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

17:52 / 19.10.2023
Qohirada “Fatvo va uchinchi ming yillik muammolari”ga oid xalqaro anjuman boshlandi

09:46 / 24.06.2023
Qohirada “yadroviy beshlik” vakillarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

14:47 / 20.02.2023