Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ExxonMobil Meksika ko‘rfazidagi loyihalarga 20 milliard dollar sarmoya kiritadi

ExxonMobil 10 yil davomida Meksika ko‘rfazining shimoliy qirg‘oqlarida neft va gazni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarga 20 mlrd dollar sarmoya kiritish niyatida. Bu haqda kompaniya rahbari Darren Vuds CERAWeek 2017 anjumani vaqtida aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, sarmoyalar hozirda bor bo‘lgan va rejalashtirilgan 11ta loyihaga yo‘naltiriladi. Vudsning aytishicha, ExxonMobil loyihalari mintaqa uchun uzoq muddatli iqtisodiy foyda olib keladi va uning yordamida 45 mingta ish o‘rinlari yaratiladi. Kompaniyaning ma'lum qilishicha, «ExxonMobil Meksika ko‘rfazining shimoliy qirg‘oqlarida qayta ishlash va kimyoviy ishlab chiqarish bo‘yicha yangi loyihalarga strategik sarmoyalarni kiritadi. Bu ishlab chiqarish va eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Kompaniyaning Meksika ko‘rfazi shimoliy qirg‘oqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturi kimyoviy, qayta ishlovchi, moylash va gazni qayta ishlash bo‘yicha 11ta asosiy loyihaga ega. Sarmoyalar 2013 yilda boshlangan bo‘lib, 2022 yilga qadar davom etadi».
Amerika kimyoviy kengashi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda kimyo sohasidagi ishlab chiqarishga AQSh eksportining 14 foizi to‘g‘ri kelgan, 2030 yilga qadar esa neft va gazkimyo mahsulotlari eksport hajmi 123 mlrd dollarni tashkil etadi.
2016 yilda dunyodagi eng yirik xususiy neft kompaniyasi sanalgan ExxonMobil’ning sof daromadi 51,5 foizga tushib ketib – 7,84 mlrd dollarni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

17:35 / 30.04.2025
Tramp jahonda neft narxining so‘nggi yillardagi eng katta pasayishiga sabab bo‘ldi – OAV

21:41 / 17.04.2025
Chexiya Rossiya neftiga qaramlikdan qutulganini e’lon qildi

20:44 / 07.04.2025
Kreml neft bozoridagi «o‘ta notinch» vaziyatdan xavotir bildirdi

20:19 / 28.01.2025