Xitoyda kon o‘pirilishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Xeyluntszyan viloyati hududidagi ko‘mir konida o‘pirilish yuz berishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy hukumatga asoslangan holda xabar berdi.
Hodisa o‘tgan haftada Shuan'yashan okrugidagi Longmay Mining Holding Group kompaniyasiga tegishli shaxtada ro‘y bergan. Shu vaqtga qadar hududda qidiruv-qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgan. Bugun kon ichida qamalib qolgan konchilarning jasadlari topildi.
Hodisa ro‘y bergan kuni 256 konchi qutqarilgandi.
Hodisa bo‘yicha tekshiruvlar olib borilmoqda.
Bundan oldinroq 2017 yilda Xitoy hukumati mamlakat hududida 500dan ko‘proq ko‘mir konini yopmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

00:46
Xitoy atom energetikasi sohasida dunyoda yetakchiga aylandi

22:58 / 27.04.2025
Xitoy Filippin yaqinidagi bahsli kimsasiz orolni egallab oldi

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025