Putin ishbilarmonlar bilan uchrashuvda o‘z yozuvini o‘qiy olmay hazillashdi

Foto: RIA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining bloknotidagi yozuvini o‘qiy olmadi va buni tushunarsiz yozishi bilan izohladi.
Davlat rahbari Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar s'yezdida ishtirok etuvchi ishbilarmonlarning ma'ruzalarini tinglab turib, ularning tashabbuslariga izoh berish maqsadida o‘zi uchun ba'zi ma'lumotlarni qayd qilib bordi.
Mehnat samardorligi haqida nutq so‘zlagan ishbilarmon Vladimir Potaninning chiqishidan keyin Putin o‘z yozuvlarini o‘qishga qiynalib qoldi.
"Bu yerda kechgacha muhokama o‘tkazish mumkin, vaqt yetmaydi. Mehnat samaradorligi va daromad o‘sishiga keladigan bo‘lsak... Kechagina shu mavzu haqida suhbatlashgan edik. Bu siz aytganingizdek, nima uchun bahona emas? Pessimizm uchun. Xuddi tovuq oyog‘i bilan yozgandek yozibman, o‘zim ham o‘qiy olmayapman... xuddi maktabdagi kabi", - deya kulib qo‘ydi Putin.

Mavzuga oid

21:33 / 14.06.2025
Tramp bilan Putin Yaqin Sharqdagi xavfli keskinlashuvni muhokama qildi

21:27 / 11.06.2025
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni «Rossiya kuni» bilan tabrikladi

11:05 / 05.06.2025
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti

23:40 / 04.06.2025