Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev Orol muammosini muhokama qildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuv vaqtida Orol dengizi bilan bog‘liq vaziyat xususida to‘xtalib o‘tishdi. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
Nazarboyev daryolardan aql bilan foydalanish muhimligini qayd etib o‘tgan.
«Muzokaralar chog‘ida suv—energetika kompleksi masalalariga alohida e'tibor qaratdik. Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolari suv resurslari umumiy boylik ekani yana bir bor tasdiqlandi. Mintaqamizdagi barqarorlik, farovonlik, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, millionlab kishilar taqdiri daryolardan qanchalik oqilona foydalanishimizga bog‘liq. Mintaqadagi davlatlarning suvdan foydalanish istagini juda yaxshi tushunamiz, bu jarayonda ishtirok etishga ham tayyormiz. Biroq bundan daryolarning quyi qismidagi boshqa davlatlar zarar ko‘rmasligi kerak», degan Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar yakunida.
Qozog‘iston prezidenti Orol dengizi muammosiga alohida to‘xtalgan.
«Biz Orol dengizi atrofidagi vaziyatni muhokama qildik va yana bir bor Orolni qutqarish xalqaro fondi muammo yechimini topish, davlatlarimiz o‘rtasida bu boradagi aloqalarda asosiy platforma ekanligi haqida yakdil fikrga keldik», deya yakunlagan Nursulton Nazarboyev.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

08:50 / 16.05.2025
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi

18:14 / 03.03.2023
Orol dengizi sathi yarim metrga ko‘tarilgani aytildi

11:28 / 17.02.2023
Orolda «yashil» agrosanoat sohasida loyihalar amalga oshiriladi

10:30 / 16.02.2023