Jahon | 00:15 / 24.03.2017
4341
1 daqiqa o‘qiladi

Argentinaning sobiq prezidenti sud oldida javob beradi

Foto: EPA/ULI DECK

Argentinaning federal sudyasi Klaudio Bonadio 23 mart kuni mamlakat markaziy bankidagi firibgarliklar ishi bo‘yicha sud tinglovlarini boshlashga ko‘rsatma berdi. Bu ish bo‘yicha mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner ham sudda javob beradi.

Bundan tashqari, ushbu ish bo‘yicha Argentina markaziy bankining sobiq rahbari Alexandro Vanoli va sobiq iqtisodiyot va moliya vaziri Aksel Kisilof ham ayblanmoqda.

Bonadio Kirshnerga nisbatan 2016 yilning may oyida jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Tergovni boshlashga esa markaziy bank rahbariyatini valyutalarni bozor narxidan past narxda sotishi bo‘yicha ikki muxolif deputatning ayblovi sabab bo‘lgan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu operatsiyalardan ziyon bir necha mlrd pesoni tashqil qilishi mumkin. 

Ayni vaqtda sobiq prezidentga nisbatan ikkita ish qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid