Xitoydagi konda ro‘y bergan halokat tufayli sakkiz kishi hayotdan ko‘z yumdi

Xitoyning Xenan viloyatidagi konda yuz bergan halokat tufayli sakkiz kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Sinxua agentligi mahalliy ma'muriyatga asosan xabar berdi.
Hodisa juma kuni Linbao shahridagi konda sodir bo‘lgan. Halokat chog‘ida 18 kishi yer ostida bo‘lgan.
Yer yuzasiga o‘n kishi olib chiqildi, ular kasalxonaga yetkazildi, biroq jabrlanganlardan biri hayotdan ko‘z yumgan. Keyinchalik konda avariyaning yetti nafari qurboni jasadi aniqlandi. Bir kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
Halokat sabablari aniqlashtirilmoqda. Sinxuaning xabar berishicha, hodisadan oldin konda noma'lum modda bug‘lanib ketgan hamda portlash xavfi yuzaga kelgan.
Mavzuga oid

20:24 / 16.06.2025
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonda bo‘ladi

08:41 / 16.06.2025
Xitoy o‘zining yadroviy arsenalini hammadan tezroq kuchaytirmoqda

12:40 / 12.06.2025
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

23:50 / 11.06.2025