Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar uyqusizlik astma keltirib chiqarishi mumkinligini aniqlashdi

Astma – nafas siqish kasali kechasi qiynalmasdan uyquga ketuvchi va ertalab ham shunday qiynalmasdan uyg‘onuvchi odamlardan ko‘ra uyqusizlikdan aziyat chekuvchi odamlarda ko‘proq rivojlanishi mumkin. Bundan Norvegiya texnika va tabiiy fanlar universiteti xodimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalari dark bermoqda. Natijalar nufuzli European Respiratory Journal nashrida chop etildi.
Olimlar 11 yil farq bilan bir xil odamlarda o‘tkazilgan ikkita tibbiy so‘rovnoma ma'lumotlarini tahlil qilishdi. Aniqlanishicha, 1-so‘rovnomada uyqu bilan surunkali muammolarga egaliklarini ma'lum qilgan ishtirokchilar uyqu bilan muammolarga ega bo‘lmaganlarga qaraganda keyingi yillarda 65 foizga ko‘proq astma bilan kasallanganlar. Sir emas, astma bu kasallikka moyil bo‘lgan odamlarda uyquning buzilishini keltirib chiqaradi, biroq bu – olimlar teskari qonuniyat borligini, ya'ni uyqusizlik astma keltirib chiqarishiga e'tibor qaratishgan birinchi holat bo‘ldi.
Ilmiy ish hammualliflaridan biri Ben Bramptonning aytishicha, astma nima uchun aynan kechasi bemalol uxlay olmaydigan ishtirokchilarga ziyon yetkazishi haqida gapirishga hali erta. Bramptonning aytishicha, u va uning hamkasblari tadqiqot metodologiyasiga katta e'tibor qaratishgan va xatoliklarni minimumga keltirishga harakat qilishgan. Shu sababli 1-so‘rovnomaga nafas olishda muammolarga ega bo‘lganlar qo‘yilmagan.
"Biz uyqusizlik organizmda yallig‘lanish jarayonlarini ishga tushirishini va astmani keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan metabolik o‘zgarishlarga olib kelishini bilamiz. Biroq shunga qaramay, xulosa chiqarishdan avval bu masalani chuqurroq o‘rganishimiz lozim", deb aytgan olim.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, yer aholisining 3 foizdan ko‘prog‘i (235 mln odam) astmadan aziyat chekadi.
Astma – nafas yo‘llarining surunkali kasalligi bo‘lib, bu kasalni hozircha davolashning yo‘li topilmagan. Astma kasalidan aziyat chekuvchilar nafas bilan bog‘liq turli muammolardan tashqari, bronxlar siqilishi sababli o‘tkir nafas siqishi xurujlaridan ham aziyat chekadilar va kasallik alomatlarini yengillashtiruvchi vositalar qabul qilishga majburlar.
Mavzuga oid

13:13
Uyqudagi bezovtalik miyani shikastlab, aqliy zaiflashuv xavfini oshirishi aniqlandi

22:10 / 30.07.2025
Tunda uyqu qochishi – sirkadiyal ritm buzilishidan darak: uni qanday bartaraf etish mumkin?

21:00 / 26.09.2019
Uyquga yotish oldidan yeyish foydali bo‘lgan mahsulotlar

18:58 / 20.03.2019