OAV: Tramp sobiq maslahatchisi Rossiya bo‘yicha ish yuzasidan ko‘rsatma berishga tayyor

Foto: AP
AQSh prezident Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinn saylovlarga “Rossiyaning ta'siri” borasida ko‘rsatma berishga tayyor. Bu holat unga jinoiy ta'qibdan daxlsizlik taqdim etilsa yuz berishi mumkin, deb yozadi The Wall Street Journal gazetasi vaziyatdan xabardor manbalarga asosan.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Flinn AQSh vakillar palatasi va senatning razvedka bo‘yicha qo‘mitalarini Tramp jamoasining Rossiya bilan aloqalari borasidagi surishtiruvlariga yordam berishi haqida xabardor etgan.
Flinn Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak bilan aloqalarga kirgani haqida ma'lum bo‘lgach, o‘z lavozimini tark etgandi. U bu haqda prezident ma'muriyatining boshqa vakillarini xabardor etmagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Moskvaning Qo‘shma Shtatlardagi saylov jarayoniga aralashgani haqidagi ma'lumotlarni rad etgandi.
Mavzuga oid

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025
AQSh talabalari Tramp sabab Britaniyada o‘qishni xohlamoqda

18:20 / 28.04.2025