Fotojamlanma: Suratlar tarixidagi eng qimmatbaho kadrlar

Aksariyat kishilar selfi olib, uning ijtimoiy tarmoqlarda yig‘ayotgan layklaridan xursand bo‘layotgan bir paytda suratkashlar o‘z asarlarini Uyg‘onish davri san'at ustalarining noyob durdonalari narxida sotishmoqda. Trendymen juda yuqori baholanuvchi suratlar ro‘yxatini taqdim etib, ularga oid ma'lumotlar bilan bo‘lishdi.
Fantom, 1999
Maullif: Piter Lik
Bahosi: 6 500 000 dollar
Ushbu surat bugungi kundagi eng qimmat surat hisoblanadi. Kadrda sharpaga o‘xshash yorug‘lik nuri muhrlangan. Surat Arizona shtatidagi Antilopa kanonidagi g‘orlardan birida olingan.
Reyn II, 1999
Maullif: Andreas Gurski
Bahosi: 4 338 500 dollar
Andreas Gurski — mashhur nemis rassomi, u katta narxda pullangan ko‘plab suratlar muallifi. 1999 yilda rassom "Reyn II" suratini olgan, unda Reyn daryosi yomg‘irli osmon ostida ikki to‘g‘on o‘rtasida tasvirlangan. Gurski Reynning jami oltita suratini oldi. "Reyn II" - ularning orasidagi eng yirik surat. Qizig‘i shundaki, muallif suratni Fotoshopda tahrirlagan, chunki kompozitsiyani elektr stansiyasi qurilishi va itini olib ketayotgan yo‘lovchi buzib qo‘ygandi. Mazkur surat 2011 yilda «Christies» kimoshdi savdosida 4 338 500 dollarga sotilgan. Uni Monika Shpryutning Kyolndagi galereyasi xarid qilgan, keyinchalik esa surat noma'lum kolleksioner tomonidan qo‘lga kiritilgan.
Nomsiz #96,1981
Muallif: Sindi Sherman
Bahosi: 3 890 500 dollar
Amerikalik fotorassom Sindi Sherman suratlarni postanovkalash texnikasida ishlaydi. Sherman o‘zini performanchi-rassom deb hisoblaydi va suratkashlikni mutlaqo tan olmaydi. Musavvirning eng mashhur va qimmat ishlaridan biri - 1981 yilda yaratilgan #96-surat. Suratda yorqin apelsin rang kiyimdagi sepkilli mallasoch qiz aks etgan. Shermanning o‘zi izoh berishicha, suratda chuqur mazmun yashirin - bir vaqtning o‘zida ham jozibali, ham beg‘ubor qizcha qo‘lida tanishuv e'lonlari berilgan gazetani ushlab yotibdi.
Surat 2011 yilda «Christie’s» kimoshdi savdosida noma'lum kolleksioner tomonidan qo‘lga kiritilgan.
O‘lik jangchilar tilga kirganda, 1992
Muallif: Jyeff Uoll
Bahosi: 3 666 500 dollar
"O‘lik jangchilar tilga kirganda", aslini olganda, shunchaki surat emas, fotokollajdir. Unda 1986 yildagi afg‘on urushida Qizil Armiya askarlarining pistirmasi tasvirlangan. Real ko‘rinishga qaramay, bu postanovka qilingan surat: undagi barcha odamlar - taklif qilingan aktyorlar. Uoll uning ustida ishlaganida grim va kostyumlardan foydalangan, suratning o‘zi esa fotostudiyada olingan va keyinroq kompyuterda qayta ishlangan.
99 sent II, diptix 2001
Muallif: Andreas Gurski
Bahosi: 3 346 456 dollar
Biz yuqorida tilga olgan «Reyn II» surati - Andreas Gurskining yagona qimmatbaho surati emas. 2007 yilda sotilgan suratda 99 sent formatidagi do‘kon tasvirlangan. Sokinlik, tovarlarni tartibga keltirishdagi yaqqol perfektsionizm va iste'mol muhiti suratni tarixdagi eng qimmat suratlardan biriga aylantirdi.
Chikago savdo palatasi III. 1999–2009
Maullif: Andreas Gurski
Bahosi: 2 355 597 dollar
Andreas Gurskining san'at asarlarining boshqalardan ajratib turuvchi asosiy farqi - suratlarning batafsil detalizatsiyasi. Gurskining 185x240 santimetr o‘lchamdagi "Chikago Savdo palatasi III" surati 2013 yilda sotib olingan. Unda Chikago Savdo palatasining oddiy kunlari tasvirlangan. Suratni kattalashtirganda undagi har bir personaj, uning ish qurollari, kompyuterlar monitorlari va boshqa detallarni alohida ko‘zdan kechirish mumkin.
Oy shu'lasida, 1904
Muallif: Edvard Shtayxen
Bahosi: 2 928 000 dollar
Edvarda Shtayxen ishlarining o‘ziga xosligi mazmun chuqurligi bilan bog‘liq emas. Gap shundaki, "Oy shu'lasida" - tarixdagi ilk rangli suratlardan biri.
Nomsiz №153,1985
Muallif: Sindi Sherman
Bahosi: 2 700 000 dollar
Sindi Shermanning yana bir, Xichkok filmi kadriga o‘xshash qimmatbaho surati. "Nomsiz №153" surati 2010 yilda rekord summaga - 2 700 000 dollarga sotilgan.
Billi Kid (Fort Samner, Nyu-Meksiko) 1879-80
Muallifi noma'lum
Bahosi: 2,300,000 dollar
Billi Kidning yagona saqlanib qolgan surati bir necha yil avval 2 million dollardan ziyod summaga nomini oshkor qilishni istamagan kolleksioner tomonidan sotilgan.
Tobolsk kremli, 2009
Muallif: Dmitriy Medvedev
Bahosi: 1,750,000 dollar
Sobiq Rossiya prezidenti, suratkash Dmitriy Medvedev Tobolsk Kremlini ekskursiya parvozi vaqtida suratga olgan. Suratni «Rojdestvenskaya azbuka» xayriya tadbirida 51 million rublga noma'lum kolleksioner xarid qilgan.
Jorjiya O'Kif, 1919
Muallif: Alfred Stiglits
Bahosi: 1 470 000 dollar
Musavvir Jorjiya O'Kifning 1919 yilda Alfred Stiglits tomonidan olingan ushbu surati 2006 yilning fevralida Nyu-Yorkdagi Sotheby's kimoshdi savdosida katta pulga sotilgan.
Kovboy, 2001–2002
Muallif: Richard Prins
Bahosi: 3 401 000 dollar
Surat Marlboro sigaretlarining reklama kampaniyasi uchun maxsus ishlangan va 2007 yilda Christie’s kimoshdi savdosida sotilgan.
Tanho, 2000
Muallif: Piter Lik
Bahosi: 1 000 000 dollar
Surat Amerikaning Nyu-Hempshir shtatidagi Androskoggin daryosida olingan. Uni nomini oshkor qilishni istamagan kolleksioner xarid qilgan. Suratkashning so‘zlariga ko‘ra, u bor-yo‘g‘i birgina kadrni muhrlagan, suratning yuqori baholanishini ham shu bilan izohlash mumkin.
Mavzuga oid

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:33 / 05.02.2025
Oltin izlovchi 12 ta kompaniya Navoiydagi 31 ta oltin uchastkasini sotib oldi

16:29 / 04.02.2025