Koalitsiya kimyoviy qurollar omborxonasiga hujum qildi

Xalqaro koalitsiya aviatsiyasi Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati hududida IShIDning qurol omborlariga zarba bergan. Suriya armiyasi qo‘mondonligi ma'lumotiga ko‘ra, bu omborxonalarda kimyoviy qurollar saqlananayotgandi.
"Havo hujumi xorijiy jangarilar bo‘lib turgan ushbu hududda mahalliy vaqt bilan 12 aprel kuni soat 17:30-17:50 oralig‘ida amalga oshirildi. Zarbadan keyin voqea joyida ulkan oq bulut hosil bo‘ldi, keyin rang sarg‘ish tus oldi. Juda ko‘p odam zaharlangan, hududda soat 22:30gacha yong‘in davom etgan", deyilgan xabarda.
Suriya tomonining qayd etishicha, IShID va "Jyebhat an-Nusra" jangarilari kimyoviy qurolga ega hisoblanadi. Koalitsiya hujumi oqibatida yuzlab jangarilar hamda tinch aholi vakillari halok bo‘lgani aytildi.
4 aprel kuni Suriya muxolifati Idlib viloyati hududida hukumat aviatsiyasi kimyoviy qurol qo‘llashi oqibatida 80 kishi halok bo‘lib, 200dan ortiq kishi zaharlangani haqida xabar qildi. AQSh ham bu hujumda Bashar Asad hukumatini aybladi va 7 aprel kuni AQSh Qurolli kuchlari Suriya harbiy havo kuchlarining Shayrat aviabazasiga hujum qildi. Shundan so‘ng, Suriyani qo‘llab kelayotgan Rossiya va AQSh munosabatlarida taranglik yuzaga keldi.
Mavzuga oid

17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV

20:28 / 24.04.2025
Britaniya Suriya vazirliklari va razvedka xizmatlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

20:54 / 23.04.2025
Rossiya Bashar Asadni Suriyaga topshirishdan bosh tortdi

13:25 / 18.04.2025