Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lanka poytaxtida chiqindi uyumining qulashidan halok bo‘lganlar soni ortmoqda

Shri-Lanka poytaxti Kolombo shahrida chiqindilar uyumining qashshoqlar tumanidagi boshpanalarga qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 30 nafarga yetdi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Bundan avval, 26 kishining o‘lgani aytilgandi. 17 aprelga kelib harbiylar jami 30 kishining jasadini chiqarib olgan, ular orasida 6 bolaning tanasi ham bor. Ayni damgacha, bedarak yo‘qolganlarning aniq soni ma'lum emas. Harbiylar esa, qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda.
14 aprel kuni ulkan chiqindilar uyumi yonib ketgan va qashshoqlar tumanidagi boshpanalarni bosib qolgan edi. Buning oqibatida 100dan ortiq chayla chiqindilar ostida qolib ketdi, 500dan ortiq odam turarjoyidan ajradi. Qutqaruv ishlariga favqulodda xizmatlarning mingdan ortiq xodimi qatnashmoqda.
Mavzuga oid

08:03 / 30.07.2025
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin

12:06 / 29.07.2025
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi

15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

18:35 / 09.05.2025