Jahon | 21:49 / 24.04.2017
17277
1 daqiqa o‘qiladi

BMT: Yamanda har 10 daqiqada 5 yoshdan kichik bir bola halok bo‘lmoqda

Yamanda har 10 daqiqada 5 yoshdan kichik bir bola halok bo‘lmoqda, deb ma'lum qildi BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi.

"Yamanda eng yirik gumanitar inqirozlardan biri davom etmoqda. Mamlakatning uchdan ikki qismi yoki 19 mln ga yaqin aholi himoya va gumanitar yordamga muhtoj", deyildi xabarda.

Yamanda 10 mln dan ko‘proq odam hanuzgacha nochorlikda, kamida 8 mln kishi ichimlik suvisiz yashamoqda.  

"BMT avvalroq Yamanga 2,1 mln dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatishga chaqirgandi. Biroq hozirgacha bu mablag‘ning 15 foizigina to‘plangan", deyilgan xabarda. 

Mavzuga oid