Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kinematografiyani rivojlantirish markazi o‘z faoliyatini boshladi
O‘zbekistonda kinematografiya sohasini yanada rivojlantirishga ko‘maklashish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga amaliy yordam ko‘rsatish, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga amaliy yordam berish kabi qator ijtimoiy maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida Kinematografiyani rivojlantirish markazi nodavlat-notijorat tashkiloti ta'sis etilib, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kinematografiyani rivojlantirish markazining rasmiy ochilish marosimi 3 may kuni bo‘lib o‘tish rejalashtirilgan.
Ochilish marosimida kino san'ati arboblari, kino tanqidchilari, aktyor va aktrisalar hamda OAV xodimlari ishtirokida matbuot anjumani ham bo‘lib o‘tadi.
Markaz Toshkent shahri Muqimiy ko‘chasi 8-uyda joylashgan bo‘lib, e'tiboringizga markaz binosining foto suratlarini taqdim qilamiz.
Mavzuga oid

15:53 / 10.08.2025
Aktyor Yo‘lchi Ortiqov olamdan o‘tdi

20:48 / 25.06.2025
“Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan filmlarni biz nazorat qilmaymiz” – Kinematografiya agentligi

16:54 / 12.02.2025
Rossiya bilan kino sohasida hamkorlik qilinadi

16:18 / 16.01.2025