Jahon | 22:26 / 08.05.2017
11337
2 daqiqa o‘qiladi

Floridada 10 yoshli qizcha timsoh changalidan qutula oldi

10 yoshli qizcha AQShning Orlando shahridagi Moss bog‘ida joylashgan ko‘lda cho‘milayotganda unga alligator hamla qilib qoldi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.

Shtatning flora va yovvoyi tabiat komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, qizcha bu ko‘l uchun ruxsat berilgan 1,5 metrdan sal ko‘proq chuqurlikda va sohildan 3 metr uzoqlikda cho‘milayotganda uning yoniga 1,5 metrlik timsoh pisib kelib, oyog‘idan ushlab olgan.   

Biroq jasur qizcha o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, epchillik va kuch mo‘'jizasi ko‘rsatib, timsoh changalidan qutula oldi. U timsohning jag‘ini ochib, xavfsiz masofaga qocha olgan.

Ushbu voqeadan keyin bog‘ xodimlari timsohni ushlab, uni uxlatish orqali bartaraf etishgan. Oyog‘ining son sohasidan jarohat olgan qizcha shifoxonaga yetkazilgan va tegishli yordamni olgach, tez orada uyiga qo‘yib yuborilgan.

Mavzuga oid