Video: Yirik aviakompaniya rahbariga tort bilan hujum qilishdi
Noma'lum shaxs Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi ijrochi direktori Alan Joysning yuziga biznes-anjuman vaqtida tort surtib tashladi. Bu haqda ABC yozmoqda.
Hodisa Pert shahridagi tadbirda ro‘y bergan, Joys u yerda Qantas tomonidan tashkillashtiriluvchi parvozlar haqida ma'lumot bergan.
Internetda tarqalgan videoda kostyum kiyib olgan erkakning sahnaga chiqib, Joysga yaqinlashishi va uning yuziga tortni bosishini ko‘rish mumkin.
Notiq sahnani tark etdi, biroq keyinchalik o‘z nutqini yakunlab qo‘yish uchun pidjaksiz qaytib keldi, deb xabar bermoqda ABC.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, tadbirning xavfsizlik xizmati xodimlari aybdorni qo‘lga olishdi hamda politsiyaga topshirishdi.
Mavzuga oid

21:25
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

23:24 / 01.04.2025