Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Galaxy S8 va S8 Plus uchun ko‘chma klaviatura ishlab chiqildi (foto+video)

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi Galaxy S8 va Galaxy S8 Plus flagmanlari uchun QWERTY-klaviatura bilan uyg‘unlashtirilgan Galaxy Keyboard himoya g‘ilofi ishlab chiqilgani haqida xabar berdi. Aksessuar smartfon yordamida katta matnlarni terish jarayonini soddalashtirishga mo‘ljallangan. 24 Gadjet shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Klaviatura yoqilganda smartfon avtomatik ravishda aksessuarga ulanadi va interfeysni ekranning kichraygan maydoniga moslashtiradi. Afsuski, klaviaturaning o‘zini g‘ilofsiz ishlatib bo‘lmaydi.
Klaviatura o‘z faoliyatida na akkumulyator, na simsiz Wi-Fi va Bluetooth modullarini qo‘llaydi. Shuning uchun aksessuarga ulanish smartfonning avtonom holatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. Yangi qo‘llanma narxi - 59,99 dollar.

Suratlar manbasi: 24gadget
Mavzuga oid

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

17:28 / 01.02.2024
Klaviaturada emas, ruchkada yozish miyani yaxshiroq rivojlantiradi – tadqiqot

12:37 / 18.09.2018
QWERTY klaviaturasi aslida qanday paydo bo‘lgan?

22:10 / 02.10.2017