Poroshenko: Ukraina Shengen hududi a'zosi bo‘lishi kerak
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Shengen hududi a'zosiga aylanishini o‘z maqsadi qilmoqchiligini aytdi. U bu haqda ICTV telekanali efirida aytib o‘tdi.
"Mening maqsadim Ukraina Shengen hududi a'zosi bo‘lishi va Xarkovdan Lissabongacha chegaralarda hech qanday to‘xtashlarsiz o‘tish mumkin bo‘lishidan iborat", deb aytdi Poroshenko.
Poroshenko 20 may kuni Berlinga tashrif buyurib, Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashishini ma'lum qildi.
Shengen hududiga Yevropaning 1985 yilda Lyuksemburgdagi Shengen qishlog‘ida imzolangan kelishuvga qo‘shilgan 26 ta davlati kiradi.
Mavzuga oid

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025