Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda telefon raqamini saqlab qolgan holda uyali aloqa kompaniyasini o‘zgartirish mumkin bo‘ladi
O‘zbekistonda joriy yil oxirigacha "mobil qullik" deb ataluvchi holat bekor qilinishi mumkin, deb xabar berdi "O‘zbektelekom" AK bosh direktori Shuhrat Qodirov press-klub yig‘ilishida.
"Mobil qullik"ning bekor qilinishi O‘zbekistonning istalgan uyali aloqa kompaniyasi abonenti o‘zining telefon raqamini saqlab qolgan holda kompaniyani o‘zgartirish jarayoni joriy qilinishini nazarda tutadi.
Qodirovning aytishicha, oxirgi 3-4 oy davomida bu mavzuning "O‘zbektelekom" va asosiy mobil kompaniyalar darajasida muhokama qilinishi faollashgan.
"Biz oxirgi 3-4 oy ichida regulyator darajasida ishlamoqdamiz, bu jarayonning qonunlari, texnik imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz. Bugungi kunda mobil operatorlarning rahbarlari va vakillari bilan tez-tez uchrashuvlar bo‘lib turibdi, bu masala oxirgi vaqt juda faollashgan va biz bu ustida jiddiy ishlamoqdamiz. Yarim yildan bir yilgacha vaqt ichida bu masala amalga oshishi mumkin", deb ta'kidlab o‘tdi Qodirov.
Afsuski, Qodirov bu xizmat pullik yoki bepul bo‘lishi va agar pullik bo‘lsa, qancha turishi haqida hech narsa ma'lum qilmagan. Biroq Qodirovning aytishicha, "mobil qullik"ni bekor qilish bo‘yicha ma'lumotlar tez orada taqdim etiladi.
Joriy yilda O‘zbekistonda mobil aloqa abonentlari soni 21,4 mln dan oshdi. Mamlakatning hududlarini mobil aloqa bilan keng qamrab olish uchun 2017 yil apreligacha 18,3 ming mobil aloqa stansiyasi o‘rnatildi. Yil davomida bu ko‘rsatkich 20 mingdan oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:43
-
Hindiston Su-57 va F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda
Jahon | 21:42
-
Uch qahramon bozoridagi do‘konlarning 40 foizi yonib ketgan
O‘zbekiston | 20:54
-
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 20:44
Mavzuga oid

21:43
O‘zbekistonga sayyohlar kelishi bo‘yicha Rossiya yetakchi bo‘ldi

09:05 / 08.08.2025
O‘zbekiston va Pokiston qo‘shma multimodal kompaniyalarni tashkil etadi

00:57 / 21.07.2025
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»

21:30 / 02.07.2025