KXDR va Rossiya o‘rtasida yo‘lovchi kema qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda

Foto: RIA
Payshanba kuni Shimoliy Koreyaning Rajin tumani va Rossiyaning Vladivostok shahri o‘rtasidagi yangi doimiy yo‘nalish bo‘yicha yuk-yo‘lovchi teploxodi ilk reysi Primorega keldi. Bu haqda RIA Novosti tashuvchi kompaniya "InvestStroyTrest" vakiliga asosan xabar berdi.
"Kema ertalab Vladivostokning Dengiz vokzaliga yetib keldi", - deya xabar bergan suhbatdosh. Teploxod teskari yo‘nalish bo‘yicha juma kuni kechqurun yo‘lga chiqadi.
Xabar qilinishicha, kema bortida turistlar bo‘lmagan, teploxod rossiyaliklar va Xitoy turkompaniyalari vakillarini olib kelgan, ular yo‘nalishni tekshirib ko‘rgan. Rejaga ko‘ra, xitoylik turistlarga kelasi haftadan boshlab xizmat ko‘rsatila boshlanadi.
Avval KXDR va Rossiya o‘rtasida yo‘lovchi kemalari qatnovi bo‘lmagan. Shimoliy Koreyaning Nason shahri va uning tumani Rajin alohida iqtisodiy zona maqomini oldi. Shu tariqa, biznesni erkin yuritish imkoniyati yaratildi.
"InvestStroyTrest" ma'lumotiga ko‘ra, dastlabki payt Rossiyaga Xunchundan (XXR) xitoylik sayyohlarni, rus turistlarni esa Rajinga va shimoliy koreyalik ishchilarni Rossiya hamda teskari yo‘nalishda manziliga yetkazish rejalashtirilgan. Kema uchta quruq tryumga ega bo‘lib, unga 1500 tonna yuk sig‘ishi mumkin.
Mavzuga oid

18:55 / 30.05.2025
Vladivostokda portlashni Ukraina razvedkasi amalga oshirgan bo‘lishi mumkin

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 27.05.2025