O‘zbekistonda Ramazon oyining boshlanish sanasi ma'lum qilindi

Foto: Getty Images
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi.
«Bugungi kunda ona yurtimiz, O‘zbekistonimiz taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo‘yib, barcha sohalarda katta yutuq va marralarni qo‘lga kiritayotganini, diyorimizda hukm surayotgan tinch va osoyishta, farovon hayotni, fayz va qut-barakani xalqimiz avvalambor Yaratganimizning cheksiz marhamati sifatida shukronalik va rozilik bilan qabul qilmoqda», - deyiladi qaror matnida.
Qarorga ko‘ra, el-yurtimiz uchun azaldan ezgulik, saxovat, mehr-shafqat ramzi bo‘lib kelayotgan muborak Ramazon oyining ma'naviy-ruhiy hayotimizdagi alohida o‘rni va ahamiyatini inobatga olgan holda, jamiyatimizda mehr-oqibat, o‘zaro ahillik va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, xalqimizga mansub olijanob fazilatlarni, diniy-ma'rifiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lash maqsadida:
2017 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 27 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilindi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “Nuroniy” jamg‘armasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini joylarda milliy an'ana va qadriyatlar, urf-odatlarimizga mos va uyg‘un tarzda o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Mazkur tadbirlarni o‘tkazishda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam bo‘lgan insoniylik, ma'naviy poklik, shukronalik fazilatlarini, muqaddas dinimiz arkonlarini e'zozlash, bugungi tinch va osuda hayotimizning qadriga yetish, odamlarni bir-biriga yaxshilik qilishga, totuv va bahamjihat bo‘lib yashashga da'vat etadigan savobli amallar va targ‘ibot ishlari tashkil etiladi.
Ushbu qutlug‘ oyda ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning muqaddas ziyoratgohlarini obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat beriladi.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.Aripov zimmasiga yuklandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi
O‘zbekiston | 18:39
-
Rossiya qurilish sohasida mehnat qilayotgan migrantlar soni 500 mingga tushib qoldi
Jahon | 18:26
-
Yevropa Ittifoqining navbatdagi sanksiyalar paketiga O‘zbekiston kompaniyalari kiritilishi mumkin – OAV
Jahon | 18:22
-
Rossiyada migrant bolalarning 81 foizi rus tili imtihoniga kiritilmadi
Jahon | 17:58
Mavzuga oid

13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi

13:31 / 29.04.2025
O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish loyihasi amalga oshiriladi

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025