Shavkat Mirziyoyev Misr prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 29 mayda Misr Prezidenti Abdulfattoh As-Sisiga Al-Minya viloyatida sodir etilgan mudhish terrorchilik harakati oqibatida qo‘plab begunoh odamlarning halok bo‘lishi va jarohat olishi munosabati bilan hamdardlik maktubini yo‘lladi.
Davlatimiz rahbari Misr Prezidenti, do‘stona Misr xalqi va halok bo‘lganlarning yaqinlariga samimiy ta'ziya va hamdardlik so‘zlari bildirib, jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayib ketishlarini tilab qoldi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, jangarilar tomondan nasroniy-qibtiylar avtobusiga uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 30 ga yaqin kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid

17:45
Prezident tumanlarda boshqaruv tizimi o‘zgarishini e’lon qildi

16:08
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi

14:52
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident

14:13