Tramp London teraktidan keyin: Mamlakatga kirishga taqiqlovlar kerak!

Foto: Washington Examiner
Londondagi hujumlar seriyasidan keyin AQSh prezidenti Donald Tramp qat'iy choralar ko‘rishga chaqirdi. U o‘z Twitter'ida quyidagi mazmunda yozuv qoldirdi:
"Biz aqlli, sergak va qat'iy bo‘lishimiz kerak. Bizga o‘z huquqlarimizni qaytarishimiz uchun sudlar kerak. Qo‘shimcha xavfsizlik chorasi sifatida mamlakatga kirishga taqiqlovlar kerak!", - deb yozdi Oq uy rahbari.
3 iyun, shanba kuni kechqurun noma'lum kimsalar yuk mashinasida katta tezlikda London ko‘prigida yo‘lovchilarni bosib ketishgan. Shundan so‘ng ular yaqin oradagi Boro bozoriga borib, avtomobildan chiqib, ovchi pichoqlar bilan yo‘lovchilarga hujum qilishgan.
Politsiya mazkur voqeani rasman terakt deb tan oldi. Londonning terorizmga qarshi kurash bo‘limi rahbari Mark Roulining aytishicha, hujumchilar 3 nafar bo‘lgan va ularning bari yo‘q qilingan. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt qurbonlari soni 7 nafarni tashkil qilgan, 50 ga yaqin kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid

08:37 / 25.04.2025
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi

09:30 / 24.04.2025
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025