Qatar rahbariyati Rossiya TIVga murojaat qildi

Foto: kremlin.ru
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abd-ur-Rahmon At-Taniy bilan telefon orqali amirlik va bir qator arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning chuqurlashuvi masalasini muhokama qildi. Bu haqida RF TIVda Qatar tomonning tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan muloqot yakunlari bo‘yicha xabar berildi.
"Asosiy e'tibor Qatar va boshqa bir qator arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga qaratildi", - deya ta'kidlandi vazirlikda.
"Arab dunyosi ichida yangi muammo o‘chog‘ining paydo bo‘lishi munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi, - deyiladi RF TIVda. - Sergey Lavrov yuzaga kelgan ziddiyatlarni muzokaralar stoli atrofida tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi".
Bugun Bahrayn, Misr, BAA, Saudiya Arabistoni, Yaman, Liviyaning vaqtinchalik hukumati va Maldiv Qatarni terrorizm va ekstremizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarning uzilishi haqida e'lon qilishdi.
Mavzuga oid

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

21:28 / 30.04.2025
Lavrov Putinning 9 may sulhi bo‘yicha taklifini «bevosita muzokaralar boshlanishi» deb atadi

15:23 / 28.04.2025