Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orlandoda otishma, qurbonlar ko‘p bo‘lishi mumkin

AQShning Orlando shahrida ro‘y bergan otishma natijasida “ko‘plab qurbonlar” bor. Bu haqda Oranj-kaunti sherifi ofisi xabar bergan.
"Sherif ofisi xodimlari voqea joyida ishlamoqda, vaziyat nazoratga olindi. Ko‘plab qurbonlar bor. Sherif imkon tug‘ildi deguncha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi", - deyiladi politsiyaning Twitter’dagi xabarida.
CNN ma'lumotlariga ko‘ra, otishma shahar chetidagi sanoat zonalaridan birida yuz bergan. Bir necha ko‘cha yopilgani aytilmoqda.
Politsiya ortiqcha vahimaga berilmaslik va ofisning Twitter’dagi rasmiy sahifasida berilgan xabarlarga ishonishni tavsiya qildi.
Mavzuga oid

00:32
Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda – NYT

23:37 / 06.08.2025
Endi Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘proq moyil ko‘rinmoqda – Zelenskiy

22:50 / 06.08.2025
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi

21:33 / 06.08.2025