Toshkent Dushanbeda o‘zbek avtomobillarini sotish bo‘yicha markaz quradi

Dushanbe shahrida “Ravon” markali o‘zbek yengil avtomashinalarini sotish bo‘yicha markaz quriladi. Bu haqda Asia-Plus ma'lum qildi.
Dushanbega bugun ikki kunlik tashrif bilan kelgan O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov tojik hukumatining yuqori lavozimli mansabdor shaxslari bilan bo‘lajak obekt quriladigan joyga boradi.
Bundan tashqari, tarkibida turli vazirlik va tashkilotlarning 17 vakili hamda 40 ga yaqin tadbirkorlar o‘rin olgan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Dushanbeda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama etadi.
Kutilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Tojikiston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Davlatali Said va Dushanbe hokimi Rustam Imomali bilan uchrashadi.
Mavzuga oid

15:24 / 08.01.2025
Dushanbe shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochildi

20:19 / 08.08.2024
Tojikistonda Xitoy bilan hamkorlikda harbiy baza qurilishi rad etildi

15:26 / 10.07.2024
“O‘zavtosanoat” rahbari prezidentga: Xitoyliklar bilan budjet modellar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdik

09:59 / 19.01.2024