Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Air India aviakompaniyasi sotuvga qo‘yildi

Foto: indiatoday.intoday.in
Hindiston hukumati oxirgi yillarda katta qarzga botgan Air India aviakompaniyasini xususiylashtirishga ruxsat berdi.
Hindiston moliya vaziri Arun Jyeytlining ma'lum qilishicha, Hindiston hukumati aviakompaniyaning to‘liq yoki qisman sotilishini ma'qullagan. Endi kompaniyaning qanday ulushini va qanday shartlarda sotish masalasiga aniqlik kiritib olish kerak.
Hukumat Air India’ni ko‘p yillar davomida xususiylashtirishga harakat qilib kelgan, biroq ichki muxolifat qarshiligiga va xususiy sarmoyachilar tomondan qiziqish yo‘qligiga duch kelgan.
Aviakompaniya 2007 yildan beri ziyon ko‘rib keladi va ayni vaqtda uning qarzlari 7 mlrd dollardan oshib ketgan. Oxirgi 6 yil ichida Hindiston byudjyetidan aviakompaniyani qo‘llab-quvvatlash uchun 3,6 mlrd dollar ajratilgan. Uning Hindiston bozoridagi ulushi 2007 yildagi 35 foizdan 2017 yildagi 14 foizgacha tushib ketgan.
Mavzuga oid

16:15 / 31.07.2025
Bir qator davlat banklarini sotish yana kechiktirildi

17:09 / 17.07.2025
Bloomberg: O‘zbekiston Mobiuz'ni 300 mln dollarga sotmoqchi

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

17:55 / 30.06.2025