Beyldan Ronalduning kelajagi haqida so‘rashdi

«Real» hujumchisi Garet Beylni Kardiffda golf bo‘yicha xayriya turniri vaqtida jurnalistlar savolga tutishdi. Futbolchi ayni damda faqat ta'til bilan bandligi, yangi mavsum haqida o‘ylamayotgani haqida aytib o‘tgan.
Uelslik futbolchidan Madrid klubidagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan bog‘liq vaziyat haqida so‘rashgan.
«Albatta, yakunlangan mavsum a'lo darajada o‘tdi. Yangi mavsumda ham bu muvaffaqiyatlarni takrorlashni istaymiz. Ammo biz hozir Kardiffda turibmiz, ta'til, dam olish. Xayriya ishlari bilan shug‘ullanayapmiz.
Krishtianu Ronaldumi? Meni kechiring, ketishim kerak», degan AS muxbiriga.
O‘tgan oy davomida portugaliyalik futbolchi Madrid klubini tark etishga qaror qilgani muhokamalar markazida bo‘ldi. Keyinroq jamoa prezidenti Florentino Peres u qolishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:18 / 09.05.2025
Alonso «Bayer»dan ketishini e’lon qildi. U «Real»ga keladi

11:38 / 05.05.2025
«Real» poygada qolmoqda, Shomurodovda muvaffaqiyatli seriya. Kun o‘yinlari

15:10 / 01.05.2025