Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kun.uz sayti OTMga kirish imtihonini onlayn uzatib boradi
Barchaga ma'lumki, har yili 1 avgust sanasi yoshlar hayotida o‘zgacha ahamiyat kasb etadi. Minglab abituriyentlar talaba bo‘lish uchun bilimlar maydonida kuch sinashadi. Test imtihonlari davrida shaffoflikni ta'minlash hanuzgacha daolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu sabab har yil imtihonlarni olishda jahon tajribasini amalda tatbiq etishga harakat qilinmoqda. Masalan Toshkent davlat yuridik universitetida ham bu yilgi imtihonlar o‘zgacha o‘tadigan bo‘ldi. Kun.uz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, yuridik fanlari nomzodi Yesemurat Kanyazov bilan suhbat uyushtirdi.

“Yuridik universitetga kirish imtihonlarini shaffofligini ta'minlash maqsadida bu yilgi kirish imtihonlari onlayn tarzda internet ham televidiniye orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatib boriladi”, dedi Yesemurat Kanyazov. “Ota-onalar imtihon jarayonini “O‘zEkspoMarkaz”da o‘rnatilgan katta monitorda yoki uydami, istalgan joydami internet yoki televidiniye orqali ham kuzatishlari mumkin bo‘ladi”, dedi Yesemurat Kanyazov.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, Kun.uz tahririyati Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatib boradi. Har bir abituriyentning ota-onasi, yaqinlari va do‘stlari ushbu imtihon jarayonini onlayn kuzatib borishlari mumkin.
Mavzuga oid

09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi

12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

18:14 / 19.07.2025