Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov test sinovlarini borib ko‘rdi

“O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasi binolarida Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda. Ushbu jarayonni kuzatish uchun O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tashrif buyurgan. Unga Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov hamrohlik qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Bosh vazir test sinovlari o‘tkazilayotgan xonalar va jarayon bilan yaqindan tanishgan. Tegishli rahbarlarga ko‘rsatmalar bergan.



Bundan tashqari, Abdulla Aripov O‘zbekiston Milliy universitetiga ham tashrif buyurgan. Bosh vazir u yerda ham o‘tkazilayotgan imtihonlar jarayoni bilan tanishdi.

Avval xabar berilganidek, bu yil davlat test imtihonlarida shaffoflikni ta'minlash va adolat mezonlariga so‘zsiz amal qilishga erishish maqsadida «O‘zekspomarkaz»ning 4ta pavilonida Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlardan tajriba-sinov tariqasida yangi shakldagi imtihon o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

09:41 / 24.07.2025
Bakalavriat uchun testlar to‘liq yakunlanadi

12:07 / 21.07.2025
Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

10:51 / 21.07.2025
Talabalarni qabul qilish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiqlashtiriladi

18:14 / 19.07.2025