Turkiyaning Marmarisida sayyohlik yaxtasi cho‘kib ketdi

Foto: ntv.com.tr
Turkiyaning Marmaris kurorti yaqinida bedarak yo‘qolgan uch kishini qidirish ishlari olib borilmoqda. Ular turistik yaxtaning falokatga uchrashi natijasida yo‘qolgan, deb xabar bermoqda NTV telekanali.
Hodisa Bo‘zburun tumanidagi ochiq dengizda ro‘y berdi. Ma'lum bo‘lishicha, sakkiz inson qutqarib olindi, bortda hammasi bo‘lib 11 kishi bo‘lgan.
Ayni damda yaxta nima sababdan cho‘kib ketgani noma'lum.
Marmaris sohilni qo‘riqlash xizmati vakilining so‘zlariga ko‘ra, yaxtada faqatgina Turkiya fuqarolari bo‘lgan.
Mavzuga oid

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025