AQSh maxsus prokurori Oq uydan Flinn haqidagi hujjatlarni talab qildi

Foto: nytimes.com
AQShning Rossiya ishi bo‘yicha maxsus prokurori Robert Myuller Oq uydan milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchi Maykl Flinnga doir hujjatlarni talab qildi. Bu haqda The New York Times o‘z manbalariga asoslangan holda yozmoqda.
Gazetaning qayd etishicha, garchi Myullerning so‘rovi norasman amalga oshirilgan bo‘lsa-da, bu birinchi shunday holatdir. Ya'ni Myuller Rossiyaning Amerikadagi saylovlarga aralashuvi yuzasidan olib borayotgan surishtiruv ishida birinchi marta Oq uydan aniq bir xodimiga doir hujjatlarni so‘radi.
Bundan tashqari, Myuller bir necha guvohlarni ham so‘roq qilib, Turkiya hukumati prezidentlik kampaniyasining so‘nggi oylarida Flinnga pul bergani haqida so‘ragan.
Avvalroq, Myuller Rossiya bo‘yicha tergov ishlarini olib borish uchun katta hakamlar hay'atini chaqirgan edi.
Mavzuga oid

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

18:20 / 28.04.2025
Qirg‘iziston Rossiyadan S-300 zenit-raketa komplekslarini oldi

17:34 / 28.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda «INNOPROM» xalqaro ko‘rgazmasini borib ko‘rdi

17:03 / 28.04.2025