Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp OAVga maxfiy ma'lumot berilishida o‘zining maslahatchisidan gumon qilmoqda
AQSh ommaviy-axborot vositalari AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uy ishi haqidagi ma'lumotning tashqariga sizib chiqishida o‘zining strategik masalalar bo‘yicha maslahatchisi Stiven Bennondan gumon qilayotganini aniqlashdi. Jumladan, aynan Bennon jurnalistlarga Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Gerbert Makmaster haqidagi ma'lumotlarni bergan bo‘lishi mumkin.
Tramp bu shubhalari bilan o‘zining bir nechta tarafdorlari bilan bo‘lishgan. Uning atrofidagi manbalardan birining aytishicha, Trampga uning bosh strategi “o‘zini reklama qilish bilan shug‘ullanishi” joniga tekkan.
Oxirgi vaqtda Bennonda Tramp bilan uchrashish uchun imkoniyatlar kamroq bo‘lmoqda. Misol uchun, Bennon hozirda prezident va uning jamoasi ta'til o‘tkazayotgan Nyu-Jyersidagi golf-klubga bormadi.
Iyul oxirida Tramp OAVga maxfiy ma'lumotlarning sizib chiqib ketishini to‘xtatishni talab qilgandi.
Mavzuga oid

07:36 / 28.07.2025
Tramp yordam va OAV uchun xarajatlarni qisqartirish haqidagi qonunni imzoladi

12:03 / 21.07.2025
Anora Sodiqovani haqorat qilgan bloger Mirsaid Haydarov ma’naviy zarar to‘laydigan bo‘ldi

20:34 / 30.06.2025
Toshkentda Euronews vakolatxonasi ochildi

17:57 / 28.06.2025