Zidan: Bizni og‘ir mavsum kutib turibdi, yana «Barsa» bilan raqobat
«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya superkubogi uchun «Barselona»ga qarshi o‘tkazilgan javob uchrashuvi (2:0) haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. U nafaqat 4-daqiqadayoq gol urgan Marko Asensioning, balki barcha shogirdlarining o‘yinidan qoniqqanini ma'lum qildi.
«Bu o‘yinda nafaqat Asensio, balki barcha yaxshi harakat qildi. Biz mavsumni yaxshi boshladik hamda ikkita Superkubokni qo‘lga kiritdik. Bahsning birinchi bo‘limi tomoshabop bo‘ldi, biz juda shiddatli o‘ynadik va to‘p bilan yaxshi harakatlandik. Ikkinchi taymda raqib biroz qiyinchilik tug‘dirdi, biroq natijadan xursandmiz.
«Barselona» bilan raqobat? Bu Primerada yana boshlanmoqda, bizni og‘ir mavsum kutib turibdi», - deya fransiyalik mutaxassis so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Mavzuga oid

16:39 / 27.04.2025
«Real»dan nihoyat munosib qarshilik. Anchelotti o‘yinni qanday o‘zgartirdi?

19:27 / 26.04.2025
Klasiko intrigalari. «Barsa»da ham bo‘sh nuqtalar bor, «Real» esa hakamlarga jiddiy bosim uyushtirdi

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:04 / 21.04.2025