O‘zbekiston va Qirg‘iziston tovar ayirboshlashni oshirishga kelishib olishdi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetkazib beriladigan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirmoqchi. Bu haqida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi favqulodda va muxtor elchisi Komil Rashidovning konferensiyadagi bayonotiga asoslanib, 24kg xabar berdi.
"Prezidentlarning siyosiy irodasi tufayli tomonlar muammolar yechimini topishmoqda. Muntazam siyosiy muloqot o‘z mahsullarini bermoqda. Qirg‘iz-o‘zbek munosabatlari tarixida birinchi marta idoralararo komissiya yig‘ilishi bosh vazirlar darajasida o‘tkazildi. Avval ularni bosh vazirlarning birinchi o‘rinbosarlari boshqarishgan", - dedi Komil Rashidov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar tovar ayirboshlashni oshirishga kelishib olishgan. O‘zbekiston Qirg‘izistonga avtomobil, qishloq xo‘jaligi texnikasi, o‘g‘it, maishiy texnika, to‘qimachilik va qurilish materiallari yetkazib berishga tayyor. Qirg‘iziston esa, o‘z o‘rnida ko‘mir, go‘sht, sut, meva va sabzavot, trikotaj mahsulotlarini taklif qildi.
Ta'kidlash joizki, 16 avgust kuni Bishkek shahrida ikki tomonlama hamkorlik, chegaralar delimitatsiyasi va demarkatsiyasi bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘iziston rahbariyati bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Mavzuga oid

14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi

12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025