Hakerlar «Barselona» sahifalariga buzib kirib, top-transfer haqida e'lon qilishdi
22 avgust kuni «Barselona» tvitterida «PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya transferi haqida e'lon qilindi.
Biroq, bir necha daqiqa o‘tgach, bu tvitni inkor qiluvchi boshqa xabar paydo bo‘ldi. Unga ko‘ra, tvitter sahifasi hakerlar hujumiga uchragan va Di Mariya transferi haqidagi yolg‘on xabar ular tomonidan kiritilgani ma'lum bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, bundan avvalroq, Koutino transferi amalga oshmagan taqdirda Di Mariya «Barselona»ga o‘tishi, buni jamoa yetakchisi Lionel Messi istayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?

02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi

12:27 / 04.05.2025
«Barsa» amalladi, «Bavariya»ning chempionligi kechiktirildi. Kun o‘yinlari

10:53 / 01.05.2025