App Store’dan Eronda yaratilgan dasturlar o‘chirib tashlandi
Erondagi eng yirik elektron tijorat sayti Digikala vakili Apple kompaniyasi App Store dasturlar onlayn-do‘konidan eronlik dasturchilarning barcha mobil dasturlarini o‘chirib tashlaganini ma'lum qildi.
Digikala vakilining aytishicha, dasturlar 10 kun avval ishlashdan to‘xtagan. Uning ta'kidlashicha, bu AQShning Eronga qarshi yangi sanksiyalari bilan bog‘langan.
Shu sababli Eron aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Muhammad Javod Ozori Jahromiy Apple eronlik mijozlarini hurmat qilishi kerakligini aytgan.
“Apple Eron uyali aloqa bozorining 11 foiz ulushiga ega. Iste'molchilar huquqlariga hurmat Apple rioya qilmagan tamoyildir. Dasturlar o‘chirilgani sababli biz huquqiy choralar ko‘ramiz”, deb aytgan vazir.
Ko‘plab eronliklar AQSh kompaniyasining ushbu harakatlarini qoralab, ijtimoiy tarmoqlarda #StopRemovingIranianApps (“Eron dasturlarini o‘chirishni bas qiling”) xeshtegini ishga tushirishgan.
Apple’ning o‘zida bu holatga hozircha izoh berilmagan.
Mavzuga oid

18:15 / 27.04.2025
Shavkat Mirziyoyev Eron prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

15:24 / 27.04.2025
Erondagi portda dahshatli portlash ro‘y berdi

20:45 / 24.04.2025
“Geosiyosat” muloqoti. Ekspertlar bilan savol-javob

23:00 / 21.04.2025