Jahon | 19:23 / 11.09.2017
11655
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-York 11 sentabrni bir daqiqalik sukut bilan boshladi

Foto: RIA "Novosti"

Nyu-York 11 sentabr kunini 16 yil avval ro‘y bergan teraktlar qurbonlari xotirasi uchun bir daqiqalik sukut bilan boshladi, deb xabar bermoqda NBC New York.

Xotira tadbirlari fojia yuz bergan joyda o‘tkazildi. Mahalliy vaqt bilan 8.46da (Toshkent vaqti bilan 17.46), American Airlines aviakompaniyasining terrorchilar tomonidan egallab olingan samolyoti Butunjahon savdo markazining Shimoliy minorasiga urilgan paytda, bir daqiqalik sukut e'lon qilindi. Shundan so‘ng qarindoshlar halok bo‘lganlar nomini o‘qishni boshlashgan.

Bugun Nyu-Yorkda yana ikki bor bir daqiqalik sukut e'lon qilinadi: ikkinchi egallab olingan samolyot Janubiy minoraga urilgan vaqt – soat 9.03da va uchinchi samolyot Vashingtondagi Pentagon binosiga kelib urilgan payt – 9.37da.

Nyu-Yorkda tug‘ilgan va uzoq vaqt davomida istiqomat qilgan AQSh prezidenti Donald Tramp hamda birinchi xonim Melanya bir daqiqalik sukutni Vashingtondagi Oq uyning janubiy maysazorida o‘tkazishdi.

Kechqurun esa egizak-minoralar joyida projyektorlar oq nurning ikki chizig‘ini keltirib chiqaradi, ular terrorchilar tomonidan vayron etilgan osmono‘par imoratlarni bildiradi.

Mavzuga oid