Parijda 97 yoshli ayolning 800 ming yevrolik zeb-ziynati o‘g‘irlab ketildi
Parijda politsiya kiyimida bo‘lgan ikki o‘g‘ri 97 yoshli ayoldan 800 ming yevroga baholanayotgan 10 ta oltin yombisi va zeb-ziynat buyumlarini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Le Point nashri xabar bermoqda.
Voqea Parijning nufuzli tumanlaridan birida yuz bergan. 13 sentabrda mahalliy vaqt bilan soat 17:00larda ikki noma'lum shaxs o‘zini politsiya xodimi sifatida tanishtirib, keksa ayolga Parijdagi bir qator o‘g‘riliklarni tergov qilish bilan shug‘ullanayotganlarini aytib, uyiga kiritishni so‘rashgan.
Jinoyatchilar hech narsadan xabari yo‘q ayoldan uning zeb-ziynatlari o‘g‘irlanmaganiga ishonch hosil qilish bahonasi ostida ular qayerda saqlanishini so‘rashgan. O‘g‘rilar ayol bankda oltin yombilar saqlashidan xabar topishgach, ayolga bankda ular soxtasiga almashtirib qo‘yilishi mumkinligini aytishgan. Shundan keyin surbet o‘g‘rilar ayol bilan birga bankka borib, u yerdagi yacheykadan oltin yombilarni olib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.
Mavzuga oid

21:32 / 10.06.2025
Fransiyada 14 yoshli o‘quvchi pichoq bilan maktab xodimiga hujum qildi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi

13:29 / 01.06.2025
«PSJ»ning finaldagi g‘alabasidan so‘ng Parijda tartibsizliklar yuzaga keldi

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

10:18 / 18.04.2025