MRB rahbari Harvardda ma'ruza o‘qishdan bosh tortdi

Foto: Reuters
AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo eng so‘nggi lahzada Harvard universitetida ma'ruza o‘qishdan bosh tortdi. Bu taklif etilgan mehmonlar ro‘yxatiga WikiLeaks saytiga axborot yetkazib beruvchi Chelsi Menning ham kiritilganidan so‘ng yuz berdi.
«Menning xonim o‘z davlatiga xiyonat qildi va maxfiy ma'lumotning WikiLeaks’ga sizib chiqishi bo‘yicha 17 ta jiddiy jinoyatlarda aybdor, deb topilgan», - deya Pompeoning bayonotini keltiradi AFP.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Menning taklif etilgan joyda ma'ruza o‘qib, Markaziy razvedka boshqarmasi «ishonchiga xiyonat qilmoqchi emas».
Kecha WikiLeaks informatori va Oq uyning sobiq matbuot kotibi Harvardda ma'ruzalar o‘qishlari xabar berilgandi.
Mavzuga oid

18:37 / 22.04.2025
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi

13:59 / 15.04.2025
AQShda Harvardning 2,2 mlrd dollarlik grantlari muzlatib qo‘yildi

08:22 / 15.04.2025
Harvard professorlari Tramp ma’muriyatini sudga berdi - gap 9 mlrd dollar haqida

09:22 / 27.03.2025