Nukusda Rossiya-O‘zbekiston nevrologlari forumi o‘tkazildi

Foto: Kruz.uz
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialida Rossiya-O‘zbekiston nevrologlari forumi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi.
Forumda asosiy e'tibor zamonaviy bilimga ega tibbiyot xodimlarini yetishtirib chiqarish, mavjud muammolarni hal qilish va zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta'minlash singari masalalarga qaratildi.
Rossiya-O‘zbekiston nevrologlari forumi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, Pirogov nomidagi Rossiya milliy universiteti va O‘zbekiston Nevrologlar jamiyati bilan birgalikda tashkillashtirildi.
Forumda Rossiya, Ukraina va O‘zbekistonning yetakchi olimlari, yosh nevrolog-olimlar va nevropotolog-shifokorlar ishtirok etdi.
Mavzuga oid

11:42
Rossiyada yozuvchi Dmitriy Bikovga nisbatan jinoiy ish ochildi

09:14
Rossiyaning Odessaga zarbasi: kamida ikki kishi halok bo‘ldi, besh kishi jarohatlandi

20:47 / 30.04.2025
Urushlarning o‘zgargan motivi: tashqi tahdid emas, ichki siyosiy maqsadlar

17:12 / 30.04.2025