Pentagonda Afg‘onistondagi amerikalik harbiylar soni oshirilishi tasdiqlandi

Foto: AP
AQShning Afg‘onistondagi kontingenti 3 mingdan ko‘proq harbiyga oshiriladi va ularning umumiy soni 14 ming kishidan oshadi. Buni 18 sentabrda Pentagon vakili Maykl Endryus tasdiqlagan.
OAVda AQSh kontingenti 3,5 ming harbiyga oshirilishi haqida ma'lumot berilgandi.
“Biz ular qayerga jo‘natilishlarini aytmaymiz, chunki dushman rejalarimizdan xabardor bo‘lishini istamaymiz”, deb aytgan Endryus.
Bungacha AQSh prezidenti Donald Tramp Pentagon boshlig‘i Jyeyms Mettisga kontingent miqdorini 4 ming kishi atrofida o‘zi ma'qul ko‘rgancha oshirish huquqini bergandi.
Bundan tashqari, Tramp avgustda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha yangi strategiyasini e'lon qilgandi. U strategiyaning harbiy tomonlari haqida gapirishni istamagan, biroq Afg‘onistondan qo‘shinlar tez olib chiqilmasligiga ishora qilgan.
Pentagon avgustda AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari soni 11 ming kishidan iboratligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

21:12 / 29.04.2025
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43 / 29.04.2025
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

19:29 / 29.04.2025
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27 / 29.04.2025