Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yana bir bor Soipovni o‘limga hukm qilishga chaqirdi

© REUTERS / Joshua Roberts
AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Yorkda terakt sodir etgan Sayfullo Soipovga o‘lim hukmi chiqarishga chaqirdi.
«Men Nyu-Yorkdagi terrorchini Guantanamoga (harbiy qamoqxona - tahr.) yuborishni istardim. Ammo bu jarayon ko‘p vaqtni oladi... Tez harakat qilish kerak. O‘lim jazosi!», deya yozgan Tramp tvitterida.
Tramp bundan avvalroq ham terrorchini Guantanamoga, AQSh hukumati terrorizmda ayblanuvchi xorijliklarni sudsiz tutib turadigan qamoqxonaga yo‘llamoqchiligini ma'lum qilgandi. Keyinroq u Soipov faqat qatl etilishi kerakligi haqida ayta boshladi.
Seshanba kuni Nyu-York g‘arbidagi Manhettenda o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov boshqaruvidagi pikap velosipedchilar ustiga yurdi. U odamlarni bosib o‘tib, maktab avtobusiga borib urilgan. Haydovchi voqea joyidan qochib ketishga uringanida politsiyachilar tomonidan ushlangan.
Uning hujumi oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 12 kishi jarohatlandi. Qurbonlarning besh nafari argentinaliklar, bir nafari belgiyalik va ikki nafari amerikalik edi.
Soipov dastlabki sud eshituvida qilmishidan afsuslanmasligini aytdi. Terakt sodir etish va terrorizmda ayblangan shaxsda AQShda o‘lim jazosi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

14:42 / 18.05.2023
Sayfulla Soipov 8 karra umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

18:59 / 27.01.2023
AQShda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik sudda aybdor deb topildi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020