Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik shahzodalarning hibsga olinishi neft narxiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi

Foto: Shutterstock
Brent markali neft narxi bir barrel uchun 62,87 AQSh dollariga yetdi. Bu 2015 yilning iyulidan beri 62 dollarlik ko‘rsatkichdan ilk bora yuqorilashga aylandi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
Agentlik bunday keskin o‘sishni Saudiya Arabistonida shahzodalarning hibsga olinishi bilan bog‘lamoqda. Toshkent vaqti bilan soat 15:55 holatiga ko‘ra, Brent nefti bir barrel uchun 62,48 dollardan savdo qilinmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistonida to‘rt nafar amaldagi vazir va o‘n bir nafar qirollik oilasidan bo‘lgan shahzoda korrupsiyada gumonlanib qo‘lga olingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:47 / 20.07.2025
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi

20:51 / 19.07.2025
Saudiya Arabistoni xorijliklarga ko‘chmas mulk sotib olish shartlarini yengillashtiradi

15:19 / 15.07.2025
Saudiya Arabistoni 170 km uzunlikdagi osmono‘par shahar loyihasini qayta ko‘rib chiqmoqda

08:34 / 04.07.2025