Sport | 21:20 / 08.11.2017
9533
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionlikka bir qadam. «Loko» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston chempionatining 28-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida peshqadam «Lokomotiv» «Buxoro»ni qabul qilib, o‘ta muhim g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Sardor Mirzayev va Murod Bobojonov tomonidan kiritilgan gollar «temiryo‘lchilar»ga chempionlik yo‘lidagi navbatdagi g‘alabani taqdim etdi.

Ushbu g‘alabadan keyin Mirko Yyelichich boshqaruvidagi jamoa hisobidagi ochkolar soni 64taga yetdi va «Loko» eng yaqin ta'qibchisi «Nasaf»ni 8 ochkoga ortda qoldirishni boshladi. Qarshiliklarda uchta o‘yin qolgan bo‘lsa, «Lokomotiv» qolgan ikki uchrashuvning bittasida g‘alaba qozongan taqdirda ham chempionlikni tantana qiladi. «Paxtakor» esa (53 ochko) endi istagan taqdirda ham «Lokomotiv»ga yeta olmaydi. «Buxoro» esa 43 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.

Oliy liga, 28-tur

«Lokomotiv» – «Buxoro» 2:0 (2:0)
Gollar:
 Sardor Mirzayev (6), Murod Bobojonov (18)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sadriddin Abdullayev, Sardor Mirzayev (Sherzod Fayziyev, 82), Islom To‘xtaxo‘jayev, Murod Bobojonov (Azizbek Omonov, 61), Shuhrat Muhammadiyev, Oleg Zoteyev, Sanjar Shoahmedov (Timur Kapadze, 73), Jaloliddin Masharipov.
«Buxoro»: Akmal Tursunboyev (Shoxjahon Nasimov, 25), Ivoy Vaytser, San'at Shixov, Artyom Filiposyan, Robbim Hasanov, Ergash Ismoilov, Vladimir Bayenko, Tohirjon Shamsiddinov, Ivan Nagayev, Alisher Sanayev, Javohir Qahramonov.

Mavzuga oid