Jamiyat | 10:30 / 08.11.2017
14370
1 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan shaharlari reytingi tuzildi

Foto: EPA

Hongkong 2017 yilda sayyohlar orasida eng ommaviy bo‘lgan shaharlar reytingida 1-o‘rinni egalladi. Joriy yilning ilk 9 oyida bu shaharga 25,7 mln sayyoh tashrif buyurgan. Bundan Euromonitor International tahliliy kompaniyasi hisobotida chop etilgan ma'lumotlar darak bermoqda.

Hongkongdan tashqari, reytingning yetakchi o‘ntaligidan Bangkok (23 mln kishi), London (19,8 mln), Singapur (16,6 mln), Makao (15,4 mln), Dubay (14,9 mln), Parij (14,4 mln), Nyu-York (12,7 mln), Shenchjen (12,6 mln) va Kuala-Lumpur (12,3 mln) o‘rin oldi.

Euromonitor International britan tahliliy kompaniyasi mahsulotlar va xizmatlar bo‘yicha tadqiqot va tahlillar o‘tkazadi. Kompaniya 10 yil davomida 100 ta davlat haqidagi ma'lumotlar asosida eng ommaviy shaharlar reytingini tuzib keladi. EI tahlilchilari bunda sayyohlar, ular qaysi shaharda 24 soatdan ko‘proq vaqt o‘tkazishgani haqidagi ma'lumotlarni hisobga olishadi.

Mavzuga oid